Oliy taʼlim vazirligi ham talabalarning oʻqishga formasiz borish uchun litsenziya olishi haqidagi xabarga munosabat bildirdi

07:02 10 Mart 2020 Jamiyat
387 0

Oʻzbekiston Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi “Mening yurtim” telekanalining “Markaziy studiya” dasturi tomonidan tayyorlangan “Pulini toʻlab qoʻyib, oʻqishga formasiz borish mumkinmi?” mazmunidagi lavhaga munosabat bildirdi.

Vazirlik tomonidan qayd etilishicha, mazkur lavha ijtimoiy tarmoqlarda turli talqinlarni keltirib chiqargan. Mazkur lavhada aytilishicha, talabalar oʻqishga formasiz kelishi uchun bir yilda 2,23 million soʻm toʻlashi va bir yillik litsenziyani qoʻlga kiritishi mumkin boʻladi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi ushbu xabarlar notoʻgʻri ekanligini rasman maʼlum qilgan.

“Vazirlik tizimda talaba va oʻquvchilarning kiyinishi boʻyicha bunday gʻayriqonuniy tartib-qoidalar oʻrnatilishiga yoʻl qoʻymaydi”, — deyiladi vazirlik munosabatida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?