Oliy taʼlim ham oʻz aravasini oʻzi tortadigan payt keldi

17:24 24 Avgust 2020 Siyosat
455 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori bilan oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtgan oliy taʼlim muassasalariga qonunchilikda oliy taʼlim muassasalari uchun nazarda tutilgan soliq imtiyozlari tatbiq etilib, 2020-yil 1-yanvardan boshlab ijtimoiy soliqning 12 foiz miqdordagi stavkasi qoʻllanilishi belgilangan edi.

Fraksiyamiz yigʻilishida nechta oliy taʼlim muassasalari oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtgani hamda ularga yuqoridagi soliq imtiyozining qoʻllanilishi natijasida qancha mablagʻlar oliy taʼlim muassasalari ixtiyorida qolgani, shuningdek, oliy taʼlim muassasalarini oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazish boʻyicha qanday ishlar amalga oshirilayotgani kabi masalalar ham muhokama qilindi.

Taʼkidlash kerak, byudjet mablagʻlarining uchdan biriga yaqin qismi sarflanayotgan taʼlim tizimidagi byudjet yukini kamaytirish, sogʻlom raqobat muhitini yaratish, taʼlim sifatini oshirish kabi maqsadlarda mamlakatimizda xususiy taʼlimni rivojlantirish, jumladan, davlat xususiy sherikchiligi asosida nodavlat taʼlim tashkilotlarini rivojlantirish boʻyicha koʻrilayotgan choralar va erishilgan natijalar bugungi kun talabiga javob bermaydi.

Shahnoza HOLMAHMATOVA,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

OʻzLiDeP fraksiyasi aʼzosi

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?