Oliy o‘quv yurtlarining barcha yo‘nalishlaridagi to‘lov kontrakt miqdori (to‘liq ro‘yxat)

12:38 10 Iyul 2018 Jamiyat
66691 6
Illyustrativ foto

Oliy ta’lim muassasalarida to‘lov kontrakt miqdori oshgani haqida xabar bergandik.

Oliy ta’limning barcha yo‘nalishlaridagi to‘lov kontrakt miqdori ma’lum bo‘ldi. Quyida to‘liq ro‘yxat bilan tanishib olishingiz mumkin.

2018/2019 o‘quv yili uchun Respublika oliy ta’lim muassasalarida

BAKALAVRIAT

ta’lim yunalishlari bo‘yicha bitta talabani bir yillik o‘qitish qiymati

(eng kam ish haqi miqdorida)

- Pedagogika, shu jumladan kasbiy ta’lim

- Gumanitar fanlar

- Matematika, amaliy matematika va informatika, tabiiy fanlar

- Sotsiologiya va psixologiya

- Muhandislik ishi, ishlab chiqarish texnologiyalari

- Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligida menejment, qishloq xo‘jalik texnikasi, veterinariya, irrigatsiya va melioratsiya

- Ijtimoiy ta’minot

- Sport faoliyati

- Atrof muhit muhofazasi, hayotiy faoliyat xavfsizligi

45 barobar – 8 mln 293 ming 500 so‘m (ilgari 6 mln 650 ming)

- Sharq filologiyasi, turkiy tillar filologiyasi, roman-german filologiyasi, tarjima nazariyasi va amaliyoti, o‘zbek-ingliz tarjima nazariyasi va amaliyoti

- Jurnalistika va axborot

- Kompyuter texnologiyalari va informatika, aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari

- Arxitektura va qurilish

- Xizmat ko‘rsatish sohasi

- Transport

46 barobar – 8 mln 477 ming 800 so‘m (ilgari 7 million 250 ming)

- San’at

- Arxitektura, qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish

50 barobar - 9 mln 215 ming so‘m (7 mln 900 ming)

- Iqtisod

- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment

- Sog‘liqni saqlash

55 barobar – 10 mln 136 ming 500 so‘m (ilgari 8 mln 800 ming)

- Jahon siyosati

- Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar

- Huquq

60 barobar – 11 mln 58 ming so‘m (ilgari 9 mln 850 ming)


Izohlar


Nodir Temirov

Yuqoridagi summa nimaga qarab belgilandi? Bir tomondan KONTRAKT oshgani foydali bo'ladi negaki : oshirilgan kontrakt to'lovlari ham oshadi , kelajakda bilimli yoshlar ishga jalb qilinsa va puldor bilmasvoylar o'ylab o'qishga topshiradi. Bilimli , shijoatli kadrlar hamma joyda kerak. Kelajakda hamma davlat muassasalarini video kuzatuv li qilish kerak va har bir davlat muassasasini internetda profilini va saytini ochish kerak va muassasa haqida va barcha yangiliklarini joylashtiib borish shu bilan birga davlatdan ajratilayotgan pullar qayerga, qachon , qancha sar etilganini har bir rahbar ko'rsatishi kerak va bu profillarga hamma kirib ko'rib , fikr bildirish imkonyatini yaratish kerak.

08:4912.07.2018

Nodir Temirov

Super kontraktni nima keragi bor kоntraktni narxi oshsa yo kontraktni oshirish kerak yoki super kontraktda qabul qilish kerak

21:0012.07.2018

Nodir Temirov

Obidjon Sabirov (sabirovobidjon@gmail.com):

Afsuski puli yoq, lekin iste'dodli yoshlarga qiyin bo'libdi.

11:3814.07.2018

Nodir Temirov

Muzaffar Yusupov (mr.yusupov0020@mail.ru):

5 yilgacha kontrakt oshmidi deyishgandi mana oshdi nimayam derdik...

05:4115.07.2018

Nodir Temirov

Javokhir Rakhmatullayev (zokirbekov@rambler.ru):

Kontrakt narxi nimaga asoslanib oshirildi? Kontraktni har 2 yoki 4 yilda oshirsa talabalarga ancha yengil bo'lardi. Shu masalani kim hal qiladi? Nega ta'lim sifatini yaxshilash o'rniga kantraktni...

17:3115.07.2018

Nodir Temirov

Неля Одинцова (nilu.odina@mail.ru):

Контракт кўтарилмайди...ошмайди деган ваъдалар қаерда қолди, пулдорлар, лекин истеъдоди,билими бўлмаганларга йўл очиляпти.Оддий ойликка яшаётган халққа қийин бўлди.Талабанинг ёлғиз она ёки ота боқувчиси бўлганлар нима қилиш керак?

21:5316.07.2018