Oliy o‘quv yurtlarining ayrim yo‘nalishlarida o‘qish muddati qisqartiriladi

10:00 06 Iyun 2018 Jamiyat
1209 0

2018 yilning 5 iyun kuni “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, endilikda alohida ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qish muddati kamida uch yil bo‘lgan bakalavriat hamda kamida bir yil bo‘lgan magistratura joriy etiladi. Ya’ni ayrim yo‘nalishlarda o‘qish muddati qisqaradi. Aynan qaysi yo‘nalishlar bo‘yicha bu o‘zgarishlar joriy qilingani qarorda ko‘rsatilmagan, demak ushbu yo‘nalishlar alohida hujjatlar bilan belgilab beriladi.

Masalan, 2018 yil 13 apreldagi Prezident qaroriga asosan 2020/2021-o‘quv yilidan boshlab yuridik kollejlar bitiruvchilari Yuridik universitetga bakalavrlarni tayyorlashning maxsus uch yillik dasturi bo‘yicha kirishga haqli ekanligi belgilangan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?