Oliy Majlisi Senatining sakkizinchi yalpi majlisi boshlandi

10:01 21 Oktyabr 2020 Siyosat
167 0

Bugun, 21-oktyabr kuni Oliy Majlisi Senatining sakkizinchi yalpi majlisi oʻz ishini boshladi.

Videokonferensaloqa tarzida oʻtkazilayotgan yalpi majlis kun tartibidan bir qator masalalar joy olgan.

Yalpi majlisda, jumladan, quyidagi qonunlar koʻrib chiqiladi:

▪️“Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisida”gi;

▪️ “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi;

▪️ “Jamoat xavfsizligini taʼminlashga doir qonun hujjatlari yana-da takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi;

▪️ “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi.

Shu bilan birga, qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash bilan bogʻliq jinoyatlar sodir etilishi holati yuzasidan Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuraturaga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari va boshqa bir qator masalalarni muhokama qilish nazarda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?