Oliy Majlis sobiq spikeri yangi lavozimga tayinlandi

17:23 13 Sentyabr 2018 Jamiyat
1883 0
Arxiv foto / Flickr

Dilorom Gʻofurjonovna Toshmuhamedova Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markaziga direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot“ kanali maʼlum qildi.

Qayd qilinishicha, Dildora Mirsabitovna Karimova va Dilbar Magʻribjonovna Alimjonova markaz direktor oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Maʼlumot uchun, Dilorom Toshmuhammedova 2008 yildan 2013 yilga qadar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimida ishlagandi.

“Oila” markazi oila institutini mustahkamlash va rivojlantirish, jamiyatda zamonaviy namunali oila mezonlarini joriy etish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni tashkil etish va oʻtkazish sohasida respublikaning yetakchi ilmiy-tadqiqot ekspert muassasasi hisoblanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?