Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi toʻgʻrisida AXBOROT

20:13 30 Iyul 2020 Siyosat
206 0

2020-yil 29-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining videokonferensaloqa shaklida majlisi boʻlib oʻtdi. Uni parlament yuqori palatasi Raisi Tanzila Narbayeva olib bordi.

Majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oltinchi yalpi majlisini 2020-yil 7-avgust kuni chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Videokonferensaloqa tarzida oʻtkaziladigan yalpi majlisda bir qator masalalar koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan.

“Taʼlim toʻgʻrisida”gi, “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi, “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi, “Qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlardan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonunlar shular jumlasidan.

Bundan tashqari, “Qonun ijodkorligi hamda parlament nazorati jarayonlari yana-da takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi, “Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari muhokama qilinishi nazarda tutilgan.

Shu bilan birga, “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” Davlat dasturining 2020-yil birinchi yarim yillik ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisoboti, qolaversa, Ichki ishlar vaziri, Tashqi ishlar vaziri hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining axborotlari koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, Rossiya Federatsiyasida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlari himoyasini taʼminlash chora-tadbirlari yuzasidan, mamlakatda aholi, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etishda yuzaga kelayotgan muammolar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga hamda qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash kabi jinoyatlar sodir etilishi holati toʻgʻrisida Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmatiga parlament soʻrovlari yuborish masalasi ham muhokama qilinishi nazarda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?