Oliy Majlis Senatining ishchi guruhi Yangiyoʻl tumaniga tashrif buyurdi

19:03 03 Oktyabr 2020 Jamiyat
342 0

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ishchi guruhi Yangiyoʻl tumanida paxta yigʻim-terimi mavsumida aholini majburiy mehnatga jalb qilish holatlarini oʻrgandi. Bu haqida Yangiyoʻl tuman hokimligi axborot xizmat xabar qilmoqda.

Guruh aʼzolari tumanning “Said ota” mahallasidagi “Koʻkcha tekstil toʻqimachilik” MCHJ klasterning 200 gektar maydondagi paxtazorlarida terim mashinalaridan samarali foydalanilayotganiga guvoh boʻlishdi. Maʼlumotlarda qayd etilishicha, Farxod Dushayev, Baxtiyor Qurolboyev, Narimon Oʻrazov singari mexanizatorlar kuniga 10 tonna paxta terishga erishmoqda.

«Yangiyoʻl agro maks» va «Valiyev invest baraka» fermer xoʻjaliklaridagi terimchilar bilan suhbat chogʻida ularga yaratilgan sharoitlar va terim pullarining vaqtida berilish holatlari oʻrganildi. Terimchilar uchun birlamchi mehnat sharoitlarini yana-da yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Respublika ishchi guruhi “Guliston” mahallasida joylashgan “Barkamol avlod” binosidagi xotin-qizlarning bandligini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan tikuv sexidagi jarayonlar bilan ham tanishishdi.

Shodiyor MUTAHAROV
(Xalq soʻzi).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?