Oliy Majlis Senatining yettinchi yalpi majlisi boʻlib oʻtmoqda

10:17 11 Sentyabr 2020 Siyosat
186 0

Oliy Majlis Senatining yettinchi yalpi majlisi boʻlib oʻtmoqda. Uni Senat Raisi Tanzila Narbayeva olib bormoqda.

Yalpi majlisni Senatning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari hamda UzReport telekanali orqali onlayn kuzatib borish mumkin.

Videokonferensaloqa tarzida oʻtkazilayotgan yalpi majlisda bir qator masalalar koʻrib chiqilmoqda.

“Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi; “Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida”gi;

“Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash toʻgʻrisida”gi;

“Xalq deputatlari Kengashlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi;

“Qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlardan va oʻrmon fondi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi;

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlar shular jumlasidandir.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining Davlat byudjetining 2020-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisidagi axboroti koʻrib chiqilishi nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, ilmiy faoliyatni rivojlantirish uchun koʻrilayotgan choralar holati haqida hamda Oʻzbekistonda xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga parlament soʻrovlari yuborish masalalari muhokama qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?