Senatning yettinchi yalpi majlisi 11-sentyabr kuni chaqiriladi

16:43 04 Sentyabr 2020 Siyosat
206 0

Oliy Majlis Senatining yettinchi yalpi majlisi 2020-yil 11-sentyabr kuni chaqiriladi.

Videokonferensaloqa tarzida oʻtkaziladigan yalpi majlisda bir qator masalalar koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan. Shu jumladan:

“Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi;

“Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida”gi;

“Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash toʻgʻrisida”gi;

“Xalq deputatlari Kengashlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi;

“Qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlardan va oʻrmon fondi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi;

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlar.

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining Davlat byudjetining 2020-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisidagi axboroti koʻrib chiqilishi nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, ilmiy faoliyatni rivojlantirish uchun koʻrilayotgan choralar holati haqida hamda Oʻzbekistonda xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga parlament soʻrovlari yuborish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?