Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolariga guvohnoma va koʻkrak nishonlari topshirildi (Video)

15:54 19 Yanvar 2020 Siyosat
923 0

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolariga guvohnoma hamda koʻkrak nishonlarini topshirishga bagʻishlangan tantanali marosim oʻtkazildi. Unda Markaziy saylov komissiyalari aʼzolari, yangi saylangan deputat va senatorlar, siyosiy partiyalari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

Parlament saylovlari natijalariga koʻra, Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 150 nafar deputatini va Senatining 97 nafar aʼzosini roʻyxatga oldi. Senat aʼzolarining 13 nafari Prezidentimizning shu yil 17-yanvardagi Farmoniga asosan tayinlangan.

Tadbirda Markaziy saylov komissiyasi raisi M. Abdusalomov milliy parlamentimizning yangi saylangan va Prezidentimizning Farmoniga binoan tayinlangan aʼzolarini xalq vakili boʻlishdek sharafi maqomga sazovor boʻlgani bilan samimiy tabrikladi.

Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

— Yangilanayotgan Oʻzbekistonning yangi parlamentidan xalqimizning umidi katta, — deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mavluda Xoʻjayeva. — Buni oʻtgan yil oxirida boʻlib oʻtgan saylovlarda xalqimiz katta ishonch bilan oʻz vakilini saylagani misolida yaqqol koʻrish mumkin. Bu biz, deputatlarga, umuman, parlament aʼzolari zimmasiga katta masʼuliyat yuklaydi. Xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirish, Oʻzbekistonimizning eng rivojlangan demokratik davlatlar safidan mustahkam joy olishi uchun, shubhasiz, astoydil harakat qilamiz. Buning uchun inson manfaatlarini kafolatlashga, iqtisodiy taraqqiyotimizni taʼminlashga xizmat qiladigan toʻgʻridan toʻgʻri qonunlarni qabul qilamiz va ularning ijrosi ustidan samarali parlament nazoratini oʻrnatamiz.

Shu oʻrinda qayd etish joiz, Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining va Senatining birinchi majlislarini ertaga — 20-yanvar kuni Toshkent shahrida chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan.

Ziyoda ASHUROVA.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?