Oliy Majlis deputati Kattaqo‘rg‘ondagi mojaroli vaziyatga keskin munosabat bildirdi

17:19 05 Iyul 2018 Jamiyat
974 0
Foto: Facebook / Rasul Kusherbayev

4 iyul kuni internet tarmoqlarida Kattaqo‘rg‘on militsiya bo‘limiga olib kelingan ayolning yechintirilib tahqirlangani tasvirlangan video tarqaldi. Bu jamoatchilik orasida juda katta shov-shuv va turlicha munosabatlarga sabab bo‘ldi.

Jumladan Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDep partiyasi a’zosi, 88-Yangiyo‘l saylov okrugidan saylangan Rasul Kusherbayev ham ushbu vaziyat bo‘yicha o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

“Ular o‘g‘ri deb gumon qilingan ayolni emas, butun boshli millatni, xalqni, davlatni yechintiribdilar. Qonunlarimizni, orimizni, erkak degan nomimizni oyoqosti qilibdilar... Hayf, hayf, hayf”, deb yozgan deputat o‘zining sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq 2018 yil 4 iyul kuni Samarqand viloyat prokuraturasi tomonidan Kattaqo‘rg‘on shahar IIB tezkor vakili, ayolni tahqirlagan S. Umarovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?