Oliy harbiy ta’lim muassasalariga talabgorlarning test natijalari eʼlon qilindi

16:41 16 Sentyabr 2020 Jamiyat
253 0

Maʼlumki, joriy yilda oliy harbiy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlari davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlari bilan bir vaqtda 2-13-sentyabr kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oʻtkazildi.

Bunda respublika boʻyicha 7 ta oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun roʻyxatdan oʻtgan 8 mingdan ortiq talabgorlar test sinovlarida ishtirok etdi.

Davlat test markazining maʼlum qilishicha, Mazkur talabgorlarning test natijalari 2020-yil 16-sentabr kuni belgilangan tartibda oliy harbiy taʼlim muassasalariga taqdim etildi.

Davlat komissiyasining 1-son bayoniga muvofiq, oliy harbiy taʼlim muassasalariga tavsiya etilmagan talabgorlar roʻyxatdan oʻtishda oʻzlari tanlagan harbiy boʻlmagan oliy taʼlim muassasalarining beshtagacha bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida tanlovda ishtirok etish huquqiga ega.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?