Oliy attestatsiya komissiyasi ilmiy nashrlari roʻyxatiga yana bitta jurnal kiritildi

22:52 14 Mart 2019 Jamiyat
507 0

Illyustrativ foto

“Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” jurnali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan boʻlib, 2018-yil iyun oyidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi muassisligida nashr qilinadi.

Jurnal respublikamizda ilm-fan, milliy iqtisodiyot va siyosiy tizim hamda taʼlim tizimining rivojlanishiga koʻmaklashish, mamlakatimiz olimlari, mutaxassislari, doktorantlari, mustaqil tadqiqotchilari va OTM professor-oʻqituvchilari tomonidan olib borilayotgan izlanishlarning ilmiy ahamiyati hamda bu boradagi faolligini oshirishni oʻz oldiga maqsad qilib olgan.

Nashrdagi maqolalar oʻzbek, rus va ingliz tillarida chop etiladi. Maqolalarni tanlab olish mezonlari OAK talablaridan kelib chiqib belgilanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2019-yil 28-fevraldagi 262/9.2-son qarori bilan “Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” jurnali texnika, qishloq xoʻjaligi va iqtisodiyot fanlari boʻyicha OAKning dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar roʻyxatiga kiritildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?