Jahon chempionatining yana bir rekordi yangilanadi

18:28 25 Iyun 2018 Sport
590 0
Foto: Opta

Futbol bo‘yicha jahon chempionatining 3-turida yana bir rekord yangilanadi. Bu haqda Futbol 24 kanali xabar berdi.

Gap shundaki, Misr va Saudiya Arabistoni terma jamoalari uchrashuvida misrliklar tarkibida darvozabon Issam al-Hadariy maydonga tushishi aniq bo‘ldi. Natijada bu orqali futbolchi jahon chempionatida debyut qilish bilan birga chempionatning eng qari futbolchisiga aylanadi. Hadariy bugungi uchrashuv vaqtida 45 yosh-u, 161 kunlik bo‘ladi.

Shu kungacha mazkur rekord kolumbiyalik Farid Mondragonga tegishli bo‘lib, darvozabon 2014 yilgi JCH vaqtida maydonga tushganda, 43 yosh, 3 kunlik bo‘lgandi.

Maydonda to‘p surgan futbolchilar ichida eng yoshi keksa futbolchi esa kamerunlik Roje Milla sanaladi. U 1994 yilda JCH o‘yinida ishtirok etganida 42 yosh, 39 kunlik bo‘lgan va Mondragonga qadar bu borada mutlaq rekordchi sanalardi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?