Oʻktam Barnoyev rasman bosh vazir oʻrinbosari lavozimga tayinlandi

19:05 28 Fevral 2020 Siyosat
603 0

Arxiv surat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻ.I.Barnoyevni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmoni imzolandi.

“Oʻktam Isoyevich Barnoyev Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tasdiqlansin va shu munosabat bilan Buxoro viloyati hokimi lavozimidan ozod etilsin”, deyiladi farmonda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻktam Barnoyev muqaddam Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari boʻlgan, 2008-yilning aprelidan 2010-yilning dekabrigacha Samarqand viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritgan. U 2016-yilning dekabridan buyon Buxoro viloyatiga hokimlik qilib kelayotgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?