Oy oxirida ayrim hududlarda qor yogʻishi kutilmoqda

14:30 28 Sentyabr 2020 Jamiyat
717 0

Bugun Oʻzbekiston hududida kam bulutli va nisbatan iliq havo saqlanib turadi. Kunduzi harorat shu kun iqlimiy meʼyorlaridan biroz past boʻlib, 20-25 darajagacha koʻtariladi.

29-30-sentyabrda butun Oʻzbekiston hududi balandlikdagi siklon taʼsirida boʻladi. Respublika boʻyicha bulutlilik ortishi kutilmoqda.

29-sentyabrda koʻpchilik viloyatlarda ayrim joylarga yomgʻir yogʻadi. Faqat Qoraqalpogʻistonda, Xorazm va Buxoro viloyatlarida yogʻingarchilik boʻlmaydi.

30-sentyabrda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Fargʻona vodiysi viloyatlarida yomgʻir yogʻadi. Baland togʻli hududlarda yogʻayotgan yomgʻir qorga aylanishi ehtimoli bor.

29-30-sentyabrda kunduzgi harorat 15-20 darajagacha pasayadi, bu iqlimiy meʼyordan 6-8 darajaga pastdir.

1-3-oktyabrda butun mamlakatimiz hududida ob-havoning yogʻingarchiliksiz boʻlishi kutilmoqda. Respublika boʻyicha ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Tunda va ertalab sovuq havo oqimining taʼsiri hali saqlanib turadi, harorat 5-8 darajagacha pasayadi. Kunduzi quyosh nurlari havoni asta isitib, harorat 22-25 darajagacha koʻtariladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?