Oilaviy shifokorlarga 30 million soʻm beriladi 

10:43 13 Noyabr 2020 Jamiyat
1543 0

Prezident farmoniga koʻra, 2021-yildan boshlab olis va chekka hududlarda oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalari shifokorlari uchun maxsus dastur joriy qilinadi. Uning doirasida:

Tibbiyot oliy taʼlim tashkilotini oxirgi 3 yil ichida tamomlagan va boshqa hududda yashovchi shifokorlar olis va chekka hududlarda joylashgan oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalariga ishga qabul qilinganda ularga kamida 3 yil ishlab berish sharti bilan 30 million soʻm miqdorida bir martalik pul mablagʻlari beriladi.

Shuningdek, uy-joyi boʻlmaganlarga 3 yil davomida xizmat uy-joylari beriladi yoki bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida har oylik ijara toʻlovlari kompensatsiya qilinishi nazarda tutilgan.

Tuman hokimlari va tijorat banklari bilan birga ipoteka dasturlari asosida qurilayotgan uy-joylarni avvalo oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarga ishga qabul qilinayotgan shifokorlar uchun ajratishi belgilandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?