Oilani ijtimoiy-demografik rivojlantirish masalalari tadqiq etilmoqda

16:24 19 May 2020 Jamiyat
114 0

Joriy yilning 15-may kuni “Oʻzbekistonda oilani ijtimoiy-demografik rivojlantirishning asosiy omillari” mavzusida onlayn tarzda respublika ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.

Xalqaro oila kuni munosabati bilan oʻtkazilgan mazkur videokonferensiya “Oila muqaddas” shiori ostida takshil qilindi. Unda Senat aʼzolari, qolaversa, davlat va nodavlat tashkilotlari hamda oliy taʼlim muassasalarining 100 dan ziyod olimlari ishtirok etdi.

Oliy Majlis Senati Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Dilorom Tashmuxamedova oilaning ijtimoiy-demografik rivojlanish istiqbollari haqida maʼruza qildi. Jumladan, oila mustahkam boʻlishi uchun uning muammolarini kompleks tahlil qilish va ehtiyojmand oilalarni qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish, oilaviy munosabatlarning milliy, maʼnaviy-axloqiy anʼanalarini saqlab qolish kabi masalalarga alohida eʼtibor qaratish lozimligini taʼkidladi.

Bundan tashqari, oilaning iqtisodiy farovonligi davlat eʼtiborida ekanligi, oiladagi shaxslararo munosabatlarda kuzatiladigan psixologik muammolar holati, oiladagi zoʻravonlik, muammo va yechimlar, yoshlarning ijtimoiylashuvida oilaning oʻrni borasida soʻz yuritildi.

Shuningdek, videokonferensiya natijalari boʻyicha oilani ijtimoiy demografik koʻrsatkichlari, demografik rivojlantirish konsepsiyasi va ularning ijtimoiy holatini oʻrganish masalalari yuzasidan xulosalarga kelindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?