“Oilaga huquqiy yordam” onlayn-aksiyasi o‘tkaziladi

18:15 14 May 2018 Jamiyat
925 0

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 15 may — “Xalqaro oila kuni”ga bag‘ishlab, “Oilaga huquqiy yordam” onlayn-aksiyasi o‘tkaziladi.

Aksiya doirasida ishtirokchilar oila qonunchiligi, jumladan, nikoh tuzish tartibi va shartlari, er-xotinning shaxsiy huquq va majburiyatlari, mulkiy huquqlar, nikohdan ajralish, nikohning haqiqiy emas deb topilishi, qarindoshlik, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish, familiya, ism, ota ismini o‘zgartirish, ota-onalar va bolalarning huquq va majburiyatlari, aliment to‘lash, ota-ona qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllari hamda boshqa mavzulardagi savollarni vazirlikning @oilakuniadliyabot telegram botiga hamda feysbukdagi “Adliya bilan muloqot” sahifasiga yuborishi mumkin. 

Aksiya 15 may soat 10:00 dan 20:00 gacha davom etadi. Javoblar foydalanuvchining pochtasiga yoki telegram raqamiga, shuningdek, savol yo‘llovchining xohishiga ko‘ra ijtimoiy tarmoq orqali ommaviy tarzda yo‘llanishi mumkin. Bir manzildan faqat bitta savolga javob beriladi.

Aksiya doirasida soat 15:00 dan 16:00 gacha vazir o‘rinbosari A. Tashkulov ishtirokida onlayn muloqot ham bo‘lib o‘tadi.
Dilshod KARIMOV.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?