Oilada muhabbat va oʻzaro hurmat — oliy mezon

08:56 27 Noyabr 2018 Jamiyat
1440 0

Xalqaro ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish kuni (25 noyabr) munosabati bilan poytaxtimizda Respublika “Istiqbolli Avlod” ijtimoiy axborot markazi hamda Toshkent shahar Xotin-qizlar qoʻmitasi hamkorligida “Oiladagi muhabbat va oʻzaro hurmatni qadrlang!”, “16 kun zoʻravonliksiz!” mavzuida aksiya tashkil etildi.

Oilalarni ajrimdan saqlab qolish, bolalar uchun sogʻlom muhit va sogʻlom kelajakni taʼminlash maqsadida oʻtkazilgan tadbir doirasida turli savdo markazlari, koʻchalarda har xil yoshdagi fuqarolarga oilada tinchlik-totuvlikni taʼminlash, ayollarni qadrlash, bolalar tarbiyasiga eʼtiborli boʻlish, odam savdosining oldini olish kabi masalalar yuzasidan har xil savollar berildi. Ushbu mavzular boʻyicha mutaxassislarning javoblari tinglandi. Aksiyada faol ishtirok etganlar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Taniqli sanʼatkorlar ishtirokidagi konsert dasturi yigʻilganlarga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.

Tadbirlar majmui shu yilning 10 dekabrga qadar davom etadi.
Yulduz OʻRMONOVA.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?