“Ohangarondagi masxaraboz gai” yuzasidan munosabat bildirildi

14:46 09 Sentyabr 2020 Jamiyat
526 0

Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati ijtimoiy tarmoqda “Ohangarondagi masxaraboz GAI!” sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan munosabat bildirdi.

"Joriy yilning 9-sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqda “Ohangarondagi masxaraboz GAI!” sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi.

Toshkent viloyati, Ohangaron shahar IIB YHXB YPX guruhi inspektori V.Qodirxonov joriy yilning 2-sentyabr kuni Ohangaron shahar, Amir Temur koʻchasida xizmat oʻtayotgan vaqtida, soat 20:10 larda, “Kobalt” rusumli transport vositasi haydovchisi svetaforning taqiqlovchi ishorasiga amal qilmasdan harakatlanib kelganligi uchun toʻxtatgan.

Haydovchi I.A.ga nisbatan sodir etgan qoidabuzarligi yuzasidan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirish vaqtida, haydovchi shaxsiy uyali aloqa vositasi orqali holatni tasvirga olishni boshlagan.

Ushbu vaqtda, tungi xizmatga jalb qilingan Ohangaron shahar IIB YHXB Maʼmuriy huquqbuzarlik materiallarini koʻrib chiqish boʻyicha inspektori D.Mashkurov IIO xodimini obroʻsizlantiruvchi xatti-harakatlar qilgan. Xodimning bu xatti-harakati haydovchining tasvirlariga muhrlangan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHXBB tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlandi. Tekshiruv xulosasi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi", deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?