Ohangaronda yuz bergan YTHda 4 kishi halok bo‘ldi, 1 kishi jarohatlandi

15:31 01 Avgust 2018 Jamiyat
889 0
Illyustrativ foto

Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida 31 iyul kuni mudhish yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, shu kuni Jizzax viloyatida yashovchi M.E. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasini “Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon-O‘sh” yo‘lining 137-km.da haydab ketayotib, yo‘lning o‘rta qismidan ortga qayrilayotgan vaqtida, orqasidan harakatlanib kelayotgan I.Y. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasi unga urilishi natijasida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Natijada “Neksiya” avtomashinasi haydovchisi I.Yu. va uning uch nafar yo‘lovchisi tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

Yana bir nafar yo‘lovchisi X.R. tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?