Ohangaronda 22 yoshli haydovchi urib yuborgan piyoda voqea joyida vafot etdi

10:05 14 Sentyabr 2020 Jamiyat
212 0

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning 14-sentyabr kuni soat 7:20 larda, Toshkent viloyati, Ohangaron tumani hududidan oʻtgan A373 M39 avtomobil yoʻlining 165-kilometrida, haydovchi, 1998-yilda tugʻilgan M.P. «Vaz-2107» rusumli avtomobilni «Angren — Ohangaron» yoʻnalishida boshqarib ketayotib, belgilanmagan joydan yoʻlni kesib oʻtayotgan 50 — 55 yosh atrofidagi erkak kishini (shaxsiga aniqlik kiritilmoqda) urib yuborib, YTH sodir etgan. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

"Natijada, shaxsi nomaʼlum piyoda ogʻir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Ohangaron tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Barcha haydovchilardan yoʻllarda ehtiyotkor boʻlishlarini, piyodalar belgilanmagan joydan yoʻlni kesib oʻtmasliklarini soʻrab qolamiz" deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?