Ogoh boʻling! «Arteriale» dorisini bepul tarqatish toʻgʻrisida xabarlar soxta va firibgarlikka asoslangan

11:38 13 Avgust 2020 Jamiyat
284 0

Ijtimoiy tarmoqlar va Telegram kanallarida asli mavjud boʻlmagan “bosh farmatsevt oʻrinbosari” «Kristina Somova» degan shaxs nomidan hukumat narxi qimmat boʻlgan «Arteriale» preparatini odamlarga bepul tarqatmoqchi ekani toʻgʻrisida soxta xabarlar tarqatilmoqda. Aslida buning ortida firibgarlik maqsadi yashiringan boʻlib, ilgari aynan shunday mazmun va shakldagi xabarlar Qozogʻiston, Ukraina davlatlari misolida tarqatilgan.

Fuqarolardan va ijtimoiy tarmoq, Telegram foydalanuvchilaridan internet orqali nomaʼlum boʻlgan dori vositalarini sotib olmaslikni soʻrab qolamiz. Bu sogʻligʻingiz uchun xavfli boʻlishi mumkin

Eslatib oʻtamiz, aholi oʻrtasida yolgʻon axborot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjud.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?