Ogʻir atletikachimiz Muattar Nabiyeva Osiyo chempionatida 3 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi

18:41 22 Aprel 2019 Sport
376 0

Shu kunlarda Xitoyning Ninbo shahrida ogʻir atletika boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda.

Bugun ayollar oʻrtasida 55 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan hamyurtimiz Muattar Nabiyeva dast koʻtarish bahsida 91 kg, siltab koʻtarishda 113 kg va ikki kurash natijasi koʻra 204 kg ogʻirlikdagi toshni oʻziga boʻysindirib, 3 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Osiyo chempionati. Ninbo, Xitoy

Ayollar -55 kg

1. Liao Kyu Yun (Xitoy) – 224 kg
2. Xidilyn Diaz (Filippin) 209 kg
3. Muattar Nabiyeva (Oʻzbekiston) – 204 kg

Maʼlumot uchun: mazkur musobaqaga 6 nafar atletimiz yoʻl olgan, hozirgacha Adhamjon Ergashev (-67 kg) toʻrtinchi va Doston Yoqubov (-73 kg) beshinchi oʻrinni egallagan edi. Oldinda yana uch nafar sportchimiz - Sunnatilla Oʻsarov (-102 kg, 26 aprel), Akbar Joʻrayev (-109 kg) va Dolera Davronova (-87 kg, 27 aprel) qitʼa chempionati bahslarida ishtirok etishadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?