OFK Ijroqoʻmining navbatdagi yigʻilishi Toshkentda oʻtkaziladi, unda OFK prezidenti ham qatnashadi

17:47 24 Sentyabr 2018 Sport
535 0

26 sentyabr kuni Toshkent shahri ushbu yigʻilishga mezbonlik qiladi. Bu Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse Prezidenti Umid Ahmadjonov hamda Osiyo futbol konfederatsiyasi Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifaning Rossiyadagi Jahon chempionati paytidagi uchrashuvlari chogʻida kelishuviga binoan amalga oshiriladi.

Shu munosabat bilan 24-25 sentyabr kunlari FIFA hamda OFKning martabali mehmonlari Toshkent shahriga tashrif buyurishadi. Ayni vaqtda OFK Bosh kotibi Dato Vindsor Jon Toshkentga yetib keldi. Bugun soat 18:30 da yana bir martabali mehmon — OFK Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa poytaxtimizga tashrif buyuradi.

Yigʻilish Toshkent shahridagi “International” mehmonxonasida oʻtkaziladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?