“Ofitser bo‘lishni istayman”

12:13 24 Aprel 2018 Jamiyat
801 0
Foto: «Telegram»dagi rasmiy axborot kanali

Men O‘zbekiston Milliy universitetining harbiy kafedrasida o‘qib, rezervdagi “leytenant” harbiy unvoniga ega bo‘lganman. Qurolli Kuchlar safida shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tash, ofitser bo‘lish istagim bor. Buning uchun kimga murojaat qilishim kerak. 
Asqar TO‘XTAYeV, 
Surxondaryo viloyati, Boysun tumani, Ko‘lqamish 

Hurmatli fuqaro Asqar To‘xtayev, avvalo mamlakatimiz mustaqilligi va xalqimizning tinch hayotini saqlashga o‘z hissangizni qo‘shishga qaror qilganingiz uchun minnatdorlik bildirgan holda shuni ma’lum qilamanki, siz kabi ofitser bo‘lishni istagan yoshlardan Mudofaa vazirligi rahbariyati nomiga ham ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda. Bu holat harbiy xizmatni o‘tash, ofitser bo‘lish mamlakatimizda eng oliy va sharafli kasblardan biriga aylanganidan dalolat beradi.

Respublikamiz oliy ta’lim muassasalari harbiy kafedralarida tayyorgarlikdan o‘tgan va zaxiradagi (rezervdagi) “leytenant” harbiy unvoniga ega bo‘lgan fuqarolar shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatga, ofitserlik lavozimlariga tayinlanishlari uchun belgilangan tartibda doimiy harbiy hisobda turgan Mudofaa ishlari boshqarmasi yoki bo‘limlariga murojaat etishlari mumkin.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
boshlig‘i kapitan Temur Narziyev

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?