O‘FA yana bir futbolchini kechirdi

15:16 18 Iyun 2018 Sport
245 0
Foto: the-uff.com

2017 yilning 23 oktyabr kuni “Navbahor” futbolchisi Oybek Qilichev futboldan 1 yil muddatga chetlashtirilgandi.

Oybek Qilichev 2017 yilgi O‘zbekiston chempionatining 25-turi doirasida “Qo‘qon-1912” klubiga qarshi maydonga tushib, raqibiga nisbatan tajovuzkor hatti-harakatda bilan yodda qolgandi. Vaziyatni o‘rganib chiqqan O‘FA Ijroqo‘mi uni bir yilga chetlashtirish barobarida, 10 million so‘m miqdorida jarima ham tayin qilgandi.

O‘FA rasmiy sayti xabariga ko‘ra, tashkilot ijroqo‘mi yig‘ilishida futboldan butunlay chetlashtirilgan yosh futbolchilarga qaytadan imkoniyat berish masalasi ko‘rib chiqilgan va masala ijobiy yechim topgandi. Yig‘ilish yakunida qo‘mita a’zolari Oybek Qilichevni ham oxirgi marta afv etish masalasini o‘rtaga tashlagandi.

Navbatdagi yig‘ilishda Qilichev masalasi ko‘rib chiqildi. “Navbahor” klubidagi ijobiy o‘zgarishlar, futbolchining pushaymonligi va bu boradagi maktublari inobatga olinib, Qilichevni bugun — 18 iyun kuni ochilgan transfer oynasidan foydalanib, qayta ro‘yxatga olish uchun ruxsat berildi. Buning uchun avvaldan belgilangan jarimani to‘lash kerak bo‘ladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?