Odil Ahmedov Xitoyning “Shanxay SIPG” klubini tark etadi

15:21 09 Sentyabr 2020 Sport
207 0

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov Xitoyning “Shanxay SIPG” klubidagi faoliyatini yakunlab, boshqa jamoada davom ettiradi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Hamyurtimiz ayni paytda Xitoyning boshqa bir jamoasi – «Tyanszin Teda» bilan kelishuvga erishgan.

Maʼlumot uchun, 32 yoshli O.Ahmedov joriy mavsumda Xitoy Superligasida 7 oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol kiritishga muvaffaq boʻlgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?