Ochiq osmon ostidagi konsert dasturlari xalqimizga bayramona kayfiyat ulashmoqda

15:10 30 Aprel 2018 Jamiyat
942 0

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining alohida harbiy namunali-ko‘rgazmali orkestori hamda Milliy gvardiya tasarrufidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va san’at akademik litseyi tomonidan ochiq osmon ostida konsert dasturlarini namoyish etish tobora yaxshi an’anaga aylanib borayapti. 

Bunday madaniy tadbirlar poytaxtimiz aholisi va mehmonlarining dam olish kunlarini maroqli o‘tkazishlariga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilayotgani alohida ahamiyatga ega.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya matbuot xizmati tomonidan ma’lum qilinishicha, kuni kecha Toshkent shahridagi G‘ofur G‘ulom nomidagi istirohat bog‘ida ana shunday ajoyib konsert dasturi taqdim etildi. Undan bahramand bo‘lganlarning barchasi kuy-qo‘shiqlardan estetik zavq va katta taassurotlar olganini alohida e’tirof etdilar.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?