Ochiq osmon ostidagi konsert dasturi Sirdaryoda qanday oʻtdi? (Fotoreportaj)

16:24 19 Sentyabr 2018 Madaniyat
366 0
Foto: “XALQ SOʻZI ONLINE”

“XALQ SOʻZI ONLINE”. Ahmadali Shernazarov/Sirdaryo. Gulistondagi Toʻra Sulaymon nomidagi amfiteatrda “Open Air.Silk road symrfony” loyihasi boʻyicha konsert dasturi namoyish qilindi.

Konsertda Milliy simfonik orkestr, taniqli va yosh solistlar jahon hamda oʻzbek kompozitorlarining mashhur asarlari, kinofilm, serial musiqalaridan namunalar ijro etdilar.

“Hali musiqa sehridan bunchalik hayratga tushmagan edim. Ochiq osmon ostida namoyish qilingan, jonli ijrodagi konsertning oʻzgacha jozibasi borligini his etdim”, - deydi ishtirokchilardan biri Guliston davlat universiteti talabasi Dilnavoz Himmatova.

Tashkilotchilar tomonidan maʼlum qilinishicha, mazkur badiiy tadbir mamlakatimizning yana 4 ta shahri — Jizzax (20 sentyabr), Samarqand (22 sentyabr), Navoiy (24 sentyabr), Buxoro (26 setnyabr)da ham boʻlib oʻtadi.

Ushbu konsert loyihasi dastlabki dasturi 14 sentyabr kuni Toshkentda oʻtkazilgan.

Foto: “XALQ SOʻZI ONLINE”
Foto: “XALQ SOʻZI ONLINE”
Foto: “XALQ SOʻZI ONLINE”
Foto: “XALQ SOʻZI ONLINE”
Foto: “XALQ SOʻZI ONLINE”

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?