Ochilboy Ramatov “Oʻzbekiston temir yoʻllari“ rahbarligidan rasman ketdi

14:24 05 Fevral 2019 Siyosat
757 0

Hukumat qarori bilan Xusnutdin Nuruddinovich Xasilovga “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining raisi vazifasini bajarish yuklandi. Bu haqda “Huquqiy axborot“ kanali maʼlum qildi.

Xasilov bu lavozimda ishlab kelgan Ochilboy Ramatov oʻrniga tayinlangan.

Eslatib oʻtamiz, temir yoʻl transportida yuk va yoʻlovchilarni tashish sohasida bozor talablarini tadqiq etish, uni rivojlantirish istiqbolini belgilash Aksiyadorlik jamiyatining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?