“Obod mahalla” dasturining asosiy parametrlari tasdiqlandi

12:39 30 Iyun 2018 Hujjatlar
1875 0

“Obod mahalla” dasturining asosiy parametrlarini tasdiqlash va ularning ijrosini ta’minlash masalalari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar tarqatdi.

Qarorga muvofiq “Obod mahalla” dasturi doirasida 2018-2019 yillarda respublika bo‘yicha 220 ta mahallada qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi.

Xususan, Dasturga tushgan mahallalarda 112 ta mahalla guzari, 133 ta yakka xususiy ko‘p qavatli uylar, 804 ta bolalar maydonchasi, 49 ta bog‘cha, 15 ta tibbiyot muassasasi, 93 ta hammom, 198 ta savdo majmuasi, 1 ta maktab quriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?