“Obod xonadоn — yurt ko‘rki” loyihasi doirasida 338 million so‘mdan ziyod mablag` sarflandi

15:04 17 Iyul 2018 Jamiyat
230 0
Foto: "Xalq so`zi"

O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan “Obod qishloq” dasturi doirasida joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlariga munosib hissa qo‘shish maqsadida “Obod xonadоn — yurt ko‘rki” loyihasi ishlab chiqildi.

Unga binoan, yurtimizning chekka hududlarida istiqomat qilayotgan kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi uylari ta’mirlanib, tadbirkorlik uchun ko‘mak berilyapti.

Shu kungacha “Obod xonadon — yurt ko‘rki” federatsiya va homiylar mablag‘lari hisobidan ushbu maqsadlar uchun 338 million so‘mdan ziyod mablag‘ sarflandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?