Obid Asomov hamda Dilnoza Kubayeva hind kinoijodkorlarining filmida suratga tushmoqda

13:19 24 Iyul 2018 Madaniyat
465 0

Obid Asomov hamda Dilnoza Kubayeva hind kinoijodkorlarining filmida suratga tushmoqda. Bu haqda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov o‘zining instagram’dagi sahifasida ma’lumot qoldirdi. 

Foto: instagram


Yaqinda Hindistonlik kinochilar mamalakatimizga kelib, yangi bir kinoni suratga olish ishlarini boshlab yuborishdi va filmlariga o‘zbek aktyorlarini, shu jumladan meni va jondan aziz singlim Dilnoza Kubayevani, Muqaddas Xoliqovani chaqirishdi. Buxoroyi sharifga tezyurar poyezdda gir etib borib, suratga tushib yana gir etib qaytib keldik! Poyezdda qilingan mehmondorchilik uchun “Afrosiyob” jamoasiga alohida rahmat. Poyezdlar hamisha shunaqa uchib yursin, tagidan shamol o‘tib turaversin. 
Obid Asomov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?