Obeliksning guruhi Samarqandga tashrif buyurdi

11:53 29 Oktyabr 2019 Jamiyat
151 0

Kuni kecha mashhur fransuz aktyori Jerar Depardening tasvirga olish guruhi Samarqand shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati xabar berdi. 

Guruhning tashrifidan koʻzlangan asosiy maqsad viloyatimizning diqqatga sazovor joylari bilan tanishish, Fransiya va Oʻzbekiston telekanallarida namoyish etilishi rejalashtirilgan Oʻzbekiston haqidagi hujjatli filmni suratga olish ishlarini davom ettirishdan iborat. Mehmonlar Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni, Bibixonim masjidi, Mirzo Ulugʻbek rasadxonasi, Xoʻja Doniyor maqbarasi, “Chor Chinor” bogʻi, Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdilar. 

Tasvirga olish guruhi oldida Oʻzbekistonning yangi kashf qilinmagan qirralarini fransuz tomoshabinlari uchun ochib berish vazifasi turibdi. Shuningdek, filmda Islomning maʼrifat masalalarida tutgan oʻrni va mohiyatiga alohida eʼtibor qaratiladi. Mazkur loyiha Samarqand brendini Yevropa mamlakatlarida yanada ommalashtirish, uning boy tarixi, madaniyati, betakror tabiati va mehmondoʻst xalqi bilan yaqindan tanishtirishga xizmat qiladi. Tashrif davom etmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?