OAVda eʼlon qilingan “Turkmanenergo”dan yetkazib berilayotgan elektr energiyasini mahalliy podstansiyalar koʻtara olmayapti” degan xabarlar notoʻgʻri

10:59 04 Dekabr 2019 Jamiyat
145 0

Joriy yilning 2-dekabr kuni Daryo.uz saytida “Turkmanistondan kelgan elektr energiyasi sababli Samarqanddagi baʼzi tumanlarda elektr energiyasi vaqtincha oʻchiriladi” sarlavhali material eʼlon qilindi. Unda 1-dekabrdan boshlab Oʻzbekistonga “Turkmanenergo” davlat energetika korporatsiyasi tomonidan yetkazib berilayotgan elektr energiyasini mahalliy podstansiyalar koʻtara olmayapti, deya xabar berilgan.

Ushbu maʼlumot yuzasidan “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ quyidagilarni maʼlum qiladi:

Ushbu maʼlumot haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Joriy yilning 1-dekabridan boshlab Turkmanistondan oʻzaro imzolangan shartnomaga koʻra, elektr energiyasini yetkazib berish boshlandi va shu kuni jami 14,9 mln. kVt.s elektr energiyasi yetkazib berildi. 2-dekabr kuni esa, elektr energiyasini yetkazib berish 15,4 mln. kVt.soatni tashkil etdi.

Alohida taʼkidlash kerakki, elektr energiyasini yetkazib berish shartnomada belgilangan, kelishilgan grafiklar va miqdorlar asosida amalga oshirilmoqda.

Joriy rejimlarda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tasarufidagi elektr tarmoqlari va podstansiyalari shartnomada belgilangan miqdordagi elektr energiyasini hududiy tarmoqlar chegarasigacha cheklanishlarsiz yetkazib berish imkoniyatiga ega ekanligini maʼlum qiladi.

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Axborot xizmati


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?