OAV, nashriyotlar xodimlari, jurnalistlar va blogerlar oʻrtasida “MEDIA.UZ – futbol haftaligi” oʻtkaziladi

10:11 20 Avgust 2019 Jamiyat
111 0

Arxiv foto

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda 2019-yil 23-29-avgust kunlari mamlakatimiz mustaqilligining 28 yilligiga bagʻishlab ommaviy axborot vositalari, nashriyot-matbaa korxonalari xodimlari, jurnalist va blogerlar uchun “MEDIA.UZ – futbol haftaligi” oʻtkazish rejalashtirilgan.

Musobaqa — yurtimizdagi jurnalist va blogerlar, umuman milliy media maydonida faoliyat yuritayotgan ijodkorlarni xalq farovonligini oshirish, mamlakat taraqqiyotiga hissa qoʻshishda bir musht boʻlib birlashtirish va jipslashtirish maqsadida tashkil etilmoqda.

AOKA Axborot sohasining barcha vakillarini doʻstlik, hamjihatlik, hamfikrlik shiori ostida oʻtkaziladigan “MEDIA.UZ – futbol haftaligi”gida faol ishtirok etishga chorlaydi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?