OAV faoliyatiga bevosita taalluqli yangi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi

13:01 25 May 2018 Siyosat
1320 0
Foto: Digital.Report

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi muhokama uchun joylashtirildi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qilingan.

Ushbu Qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi va Fuqarolik kodekslariga, “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi va “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonunlariga quyidagi mazmundagi o‘zgartirishlar kiritish nazarda tutilmoqda:

ommaviy axborot vositalari faoliyatiga to‘sqinlik qilish, shuningdek jurnalistning professional faoliyatini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujatlarini har qanday shaklda buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik o‘rnatish;

fuqaroning tasvirini himoya qilish, tasvirdan egasining roziligisiz foydalanish mumkin bo‘lgan holatlarni belgilash;

ommaviy axborot vositalari orqali oilaviy munosabatlarga bevosita aloqador ma’lumotni oila a’zolari roziligisiz tarqatishni ta’qiqlash;

huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi yoki unda ishtirok etuvchi organlar tomonidan g‘ayriijtimoiy xulq-atvorli shaxslar, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslar haqida ommaviy axborot vositalarida ma’lumot tarqatish huquqini mustahkamlab qo‘yish.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?