Nyu-Dehli shahrida 104,1 mln. dollar miqdorda eksport va import shartnomalari imzolandi

17:05 05 Oktyabr 2018 Iqtisodiyot
346 0
Foto: Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati

Nyu-Dehli shahrida “Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan” milliy mahsulotlar koʻrgazmasi va Oʻzbekiston — Hindiston biznes-forumi davomida umumiy 104,1 mln. dollar miqdorida 29 ta shartnoma imzolangan.

Bu haqda Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Ikki davlat tashkilotlari va ishbilarmon doiralarining 100 dan ziyod vakillari ishtirok etgan ushbu tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Hindiston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida tashkil etildi.

Jumladan, tomonlar umumiy 102,1 mln. dollarlik eksport shartnomalari va 1 ta import kelishuvini (2 mln. dollar) imzoladilar. Eksport shartnomalari qishloq xoʻjaligi mahsulotlari (quritilgan mevalar, dukkakli mahsulotlar, bodom, qizilmiya ildizi), kimyo, shuningdek tekstil mahsulotlari yetkazib berishdan iborat. Import shartnomasi esa qurilish materiallarini sotib olishni nazarda tutadi.

Tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha Davlat qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Tashqi savdo vazirligi hamda “Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazmalar majmuasi tomonidan tashkil etildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?