Nurotada 19ta oilaga bepul uy-joylar topshirildi

17:58 14 May 2019 Jamiyat
268 0

Navoiy viloyati Nurota tumanida kam taminlangan, nogiron va mehnatga layoqatlilik darajasi cheklangan fuqarolarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning turar-joy sharoitlarini yaxshilash maqsadida oʻn toʻqqiz oilaga bepul uy-joylar topshirildi.

- Bugun mening hayotimda unutilmas kun boʻldi, - deydi 2-guruh nogironi Nurullo Fayziyev. - Bir necha yillar davomida uy-joydan qiynalib yurgan edim, mana bugun Yurtboshimiz gʻamxoʻrligi tufayli barcha shart shart-sharoitlarga ega boʻlgan yangi uy-joyning kalitini topshirishdi.

Shuningdek, tadbirda nogironligi mavjud xonadon sohiblariga muborak kunlar munosabati bilan izzat-ikrom koʻrsatildi.

Temur ESHBOYEV, (“Xalq soʻzi”).


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?