Nurmagomedovning Getjiga qarshi jang sanasi maʼlum qilindi

12:10 26 Iyun 2020 Sport
477 0

UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Jastin Getjiga qarshi oʻtkazadigan navbatdagi jang sanasi haqida maʼlumot berildi. Bu haqda uning menejeri Ali Abdul-Aziz oʻzining Instagram sahifasida toʻxtalib oʻtgan.

Menejerning soʻzlariga koʻra, mazkur bellashuv shu yil 19-sentyabr kuni Abu-Dabida shahrida tashkil etiladigan UFC 253 turniri doirasida oʻtkaziladi. Shunday qilib Nurmagomedov uchinchi marta chempionlik kamarini himoya qiladi.

Getji esa vaqtinchalik promoushen chempioni boʻlib turibdi. U may oyida Toni Fergyusonni texnik nokaut bilan magʻlubiyatga uchratgan edi.
Eslatib oʻtamiz, aprel oyida rossiyalik sportchi karantin tufayli Toni Fergyusonga qarshi jangda ishtirok etishdan bosh tortgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?