Nukuslik yoshlar xalqaro musobaqada sovrindor boʻlishdi

14:09 19 Iyul 2019 Jamiyat
178 0

Shu yilning 15-19-iyul kunlari Qozogʻiston Respublikasining Koʻkchatov shahrida I Xalqaro yosh qutqaruvchilar musobaqasi oʻtkazildi.

Ushbu nufuzli musobaqada mamlakatimiz bosqichida gʻolib boʻlgan Nukus shahar xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 31-sonli umumtaʼlim maktabining “Jayhun” guruhi muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Dunyoning oʻn ikki mamlakatidan vakillar qatnashgan bellashuvda “Jayhun”chilar vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, Qozogʻiston va Rossiya guruhlaridan keyin 3-oʻrinni egallashga muvaffaq boʻldi.

Hidoyat AHMEDOV.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?