Nukusdagi qum boʻroni: u qanday sodir boʻldi?

09:26 17 Iyun 2019 Jamiyat
334 0

14-iyun kuni soat 20:32-20:38 oraligʻida Nukus shahri va unga yaqin tumanlarda qisqa muddatli tuz aralash qum boʻroni sodir boʻldi. Ushbu tabiiy hodisa natijasida Nukusdagi bir necha koʻpqavatli uylarning tomi yerga uchib tushib, daraxt va elektr stolbalari qulashi kuzatildi.

“Oʻzgidromet” vakillarining taʼkidlashicha, bu anomal jarayon emas, mamlakatimiz shimoliy-gʻarbiy hududiga xos hodisadir. Zero, shu kuni shamolning tezligi soniyasiga 20 metrgacha kuchayishi bashorat qilingan edi. Holbuki, bunday paytda chang va tuzlarning havoga koʻtarilishi tabiiydir.

Hidoyat AHMEDOV.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?