Nukusda yana ikkita OTMning filiali tashkil etildi

17:00 14 Noyabr 2018 Jamiyat
606 0

Hukumat qarorlari bilan Navoiy davlat konchilik instituti hamda Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Nukus filiali tashkil etildi.

Qarorlar bilan mazkur Filiallarning tuzilmasi hamda bakalavrlar tayyorlash boʻyicha taʼlim yoʻnalishlari tasdiqlandi.

Kecha, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Nukus filiali tashkil etilishi haqida xabar bergandik.

2019–2020 oʻquv yilida mazkur uchala filialga 50 nafardan talaba qabul qilinadi.

2020–2021 oʻquv yilidan boshlab esa mazkur Filiallarga talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish kvotalaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?