Nukusda tibbiyot yoʻnalishida xalqaro fakultet tashkil etiladi

16:04 29 Mart 2019 Jamiyat
231 0

Illyustrativ foto

“Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filialida Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti va Koryo universiteti bilan hamkorlikda xalqaro fakultetni tashkil etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi. Bu haqda Lex.uz manbasida maʼlum qilindi.

Qarorga asosan:

- 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filialida Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti va Koryo universiteti bilan hamkorlikda magistratura va klinik ordinatura taʼlim yoʻnalishlarida xalqaro fakultet tashkil etiladi;

- fakultetda taʼlimning asosiy mutaxassisliklari boʻyicha magistr, tayanch doktorant (PhD) va klinik ordinatorlar, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash amalga oshiriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?