Nukusda nufuzli festival gʻoliblari taqdirlandi

17:57 18 Iyun 2019 Jamiyat
211 0

Nukusda Orolboʻyida boʻlib oʻtgan “Seni kuylaymiz, zamondosh!” Oʻzbekiston teatrlari V respublika festivali gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Besh kun davom etgan mazkur festival doirasida mamlakatimiz teatrlari jamoalari Moʻynoq, Qonlikoʻl, Taxtakoʻpir, Shoʻmanay, Chimboy, Amudaryo, Ellikqalʼa tumanlari aholisi bilan uchrashib, sanʼatsevarlarga spektakllar namoyish etishdi. Shuningdek, Oʻzbekiston madaniyat va sanʼat instituti Nukus filiali talabalari bilan uchrashuv, I.V.Saviskiy nomidagi qoraqalpoq davlat sanʼat muzeyida “Sahnada zamon qahramoni timsoli” mavzusida dramaturglar seminari oʻtkazildi.

Tantanali tadbirda festival gʻoliblari eʼlon qilindi. Natijada birinchi oʻringa Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri, ikkinchi oʻringa Oʻzbekiston davlat drama teatri, uchinchi oʻringa Oʻzbekiston davlat akademik rus drama teatri va Sirdaryo viloyat musiqali drama teatri munosib deb topildi.

Hidoyat AHMEDOV, “Xalq soʻzi” muxbiri.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?