Nukusda bayram munosabati bilan bir guruh harbiy xizmatchilar ragʻbatlantirildi

16:15 31 Avgust 2020 Jamiyat
235 0

Bundan roppa-rosa 29 yil oldin Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini eʼlon qilish toʻgʻrisida” qarorning qabul qilinishi mamlakatimiz tarixida qabul qilingan eng muhim hujjat boʻlib qoldi.

Shonli istiqlolimizning yana bir yillik shodiyonasi Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻshinlarida ham oʻzgacha nishonlandi.

Karantin qoidalariga rioya etgan holda Nukus garnizonidagi harbiy qismlarning biridagi saf maydonida oʻtgan bayram tadbirida harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Farhodjon Shermatov soʻzga chiqib, ota-bobolarimiz, xalqimiz orziqib kutgan erkinlik, hurlik va istiqlolga erishishimizning mashaqqatli yoʻli haqida soʻzladi. Mustaqillik bizga bergan imkoniyatlar, xalqimizning tinchligi va farovon hayotini taʼminlashga qaratilgan salmoqli ishlar, yurtimizning jahon hamjamiyatidagi oʻrni va mavqeini eʼtirof etdi.

Bayram munosabati bilan bir guruh harbiy xizmatchilarga Oʻzbekiston mudofaa vaziri nomidan “Namunali xizmati uchun” koʻkrak belgisi, faxriy yorliqlar topshirildi. Shuningdek, xizmati davomida barchaga namuna boʻlib kelayotganlarga okrug qoʻshinlari qoʻmondoni nomidan minnatdorchiliklar eʼlon qilinib, faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari topshirildi. Bu haqda Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati xabar berdi.

Bir guruh harbiy xizmatchilar uchun istiqlolimizning 29 yilligi unutilmas voqea boʻlib qoldi. Zero shu kuni ularga navbatdagi harbiy unvonlar tantanali tarzda taqdim etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?