Nukusda 55 metrlik balandlikda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston bayroqlari o‘rnatildi

12:16 20 Avgust 2018 Jamiyat
329 0
Foto: kruz.uz

Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy markazi Nukusda balandligi 55 metr keladigan, yonma-yon joylashgan flagshtoklarda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston davlat bayroqlari hilpiray boshladi.

KRuz.uz nashri bergan xabarga ko‘ra, bayroqlar o‘lchami 12 metrga 24 metrni tashkil qiladi. Bayroqlar I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi va shoir Ajiniyoz haykali oldida o‘rnatilgan.

Bundan avvalroq muzey oldida “I love Nukus“ yozuvi paydo bo‘lgandi.

Iyul oyida Toshkentdagi Xalqlar do‘stligi maydonida 65 metrlik ustunda o‘lchami 10 metrga 20 metrlik O‘zbekiston bayrog‘i o‘rnatilgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?